Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-fevral oylarida FHDYO organlari tomonidan respublika boʻyicha 141 090 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4 714 taga (3,5 %) koʻpaygan.
Hududlar kesimida tugʻilishlar soni:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 6 436 nafar
Andijon – 12 469 nafar
Buxoro – 6 612 nafar
Jizzax – 6 365 nafar
Qashqadaryo – 14 766 nafar
Navoiy – 4 185 nafar
Namangan – 12 145 nafar
Samarqand – 16 500 nafar
Surxondaryo – 13 010 nafar
Sirdaryo – 3 649 nafar
Toshkent – 11 062 nafar
Fargʻona – 15 099 nafar
Xorazm – 6 501 nafar
Toshkent sh. – 12 291 nafar