Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida temiryoʻl transportida 8 987,5 ming yoʻlovchi tashilgan boʻlib, bu 2021-yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 113,1 %ni tashkil etdi. Oʻrtacha bir kunda 24,6 ming yoʻlovchi ushbu transport turidan foydalanganini koʻrsatmoqda.