30/01/2023

Fermer xoʻjaliklari tomonidan 2022-yil yakunlari boʻyicha taqdim etiladigan “1- fx” yillik statistika hisobotini topshirishda fermer xoʻjaliklariga uslubiy koʻmak berish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan on-line muloqotlar tashkil etilmoqda.

Ushbu on-line muloqotlarda “1-fx” shakli hisobotining har bir boʻlim va ulardagi koʻrsatkichlar boʻyicha savollaringizga statistika organlari xodimlari tomonidan atroflicha javob beriladi.

On-line muloqotlar "Zoom" platformasi orqali 2023-yilning 30-yanvaridan 27-fevral kuniga qadar haftaning dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 10:00 dan 13:00 ga qadar doimiy tarzda tashkil etiladi.

Eslatib oʻtamiz, fermer xoʻjaliklari uchun “1-fx” yillik statistika hisobotini topshirish muddati 2023-yilning 27-fevral sanasida yakunlanadi.

On-line muloqotlarda faol ishtirok eting!

Zoom ID: 829 4051 0364

Кириш коди: 577819