Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 357 554,5 mlrd. soʻmni tashkil etdi.
Bu koʻrsatkich 2021-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 15,9 % ga oshgan.
2022-yil dekabr oyi (diskret)da koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi (34,9 trln. soʻm), 2021- yil dekabr oyiga nisbatan (27,2 trln. soʻm) 7,7 trln. soʻmga oshdi.