16/12/2022

2022- yil yanvar-oktabr oylarida Sirdaryo viloyatida import tarkibida sanoat tovarlari hajmi 22 827,8 ming AQSh dollarini tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 5,4 foizga kamaydi va importning umumiy hajmidagi ulushi 5,9 % ga yetdi.

Sanoat tovarlari importi asosan probka va daraxtdan tayyorlangan buyumlar (10 083,8 ming AQSh dollari), cho‘yan va po‘lat (5 840,0  ming AQSh dollari), va ruda boʻlmagan qazilmalardan tayyorlangan mahsulotlar, boshqa joyda tasniflanmagan (2 269,9 ming AQSh dollari) va boshqalardan tashkil topgan.