15/12/2022

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-avgustdagi  “Oʻzbekiston Respublikasi milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4796-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2020-2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi milliy statistikasini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ning 84-bandini bajarish hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlari haqidagi statistik maʼlumotlar sifatini yanada yaxshilash mahalliy davlat hokimiyati organlari va respublika tashkilotlari iqtisodchi xodimlarining “Statistika asoslari” oʻquv kursi boʻyicha amaliy bilimlarini oshirish maqsadida joriy yilning 14–16-dekabr kunlari Sirdaryo viloyatida  Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Sirdaryo viloyati kengashida Oʻzbekiston Respublikasi davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti professor-oʻqituvchilari institut direktori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Gʻayibnazarov Baxodir Karimovich va katta oʻqituvchi Umarov Faxriddin Umarovichlar oʻquv mashgʻulotlarini olib bordilar.

Oʻquv kursida asosan makroiqtisodiy tahlilda statistik koʻrsatkichlarning tahlili, milliy statistikani xalqaro statistikaga integratsiyasini amalga oshirish yuzasidan axborot berildi.

Oʻquv mashgʻulotlari boʻyicha fotolavhalar ilova qilinadi.