Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning 1-yanvar holatiga respublikamizda aholining uy-joy bilan taʼminlanganlik koʻrsatkichi har bir aholiga umumiy yashash maydonidan oʻrtacha 18,2 kvadrat metrni tashkil etgan.
Bu koʻrsatkich 2021-yilning mos davriga nisbatan 2,2 kvadrat metrga oshgan.
2022-yilning 1-yanvar holatiga MDH davlatlarida aholining uy-joy bilan taʼminlanganlik darajasi (har bir aholiga umumiy yashash maydonidan oʻrtacha toʻgʻri keladigan kvadrat metr):
Moldova – 34,3 kv. m.
Armaniston – 33,9 kv. m.
Belarus R. – 28,9 kv. m.
Rossiya – 27,8 kv. m.
Qozogʻiston – 23,2 kv. m.
Ozarbayjon – 20 kv. m.
Oʻzbekiston – 18,2 kv. m.
Qirgʻiz R. – 13 kv. m.
Tojikiston – 10,9 kv. m.
Raqamlar davlatlarning rasmiy statistika maʼlumotlaridan olingan