Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-oktyabr oylarida Oʻzbekiston 106 ta davlatdan qiymati 2,8 mlrd. AQSH dollariga teng boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlarini import qilgan.
Bu koʻrsatkich 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 40 % ga oshgan.
2022-yilning 10 oyida oziq-ovqat mahsulotlari importida yuqori ulushga ega boʻlgan davlatlar:
Qozogʻiston – 36,2 %
Rossiya – 24,1 %
Braziliya – 14,7 %
Belarus – 4,3 %
Pokiston – 2,0 %
Ekvador – 1,6 %
Xitoy – 1,5 %
Turkiya – 1,4 %
Hindiston – 1,3 %
Indoneziya – 1,1 %
Boshqa davlatlar – 11,8 %