16/11/2022

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida 81 311 dona “Cobalt” avtomobili ishlab chiqarilgan.

“Cobalt” avtomobili ishlab chiqarish hajmi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 55 % ga oshgan.                    

Oylar kesimida “Cobalt” avtomobilining ishlab chiqarish soni:

yanvarda – 3 393 dona

fevralda – 7 394 dona

martda – 8 405 dona

aprelda – 9 498 dona

mayda – 10 226 dona

iyunda – 10 468 dona

iyulda – 3 519 dona

avgustda – 7 757 dona

sentabrda – 9 156 dona

oktabrda – 11 495 dona