O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan butun mamlakatimiz bo‘ylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida "Dolzarb 40 kunlik" davom etmoqda.
Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi va ko‘rsatmalari bilan yurtimizni ekologik tahdidlarning salbiy ta’siridan himoya qilish maqsadida barcha hududlarda “Yashil makon” umummilliy loyihasi tadbirlari muntazam tashkil etib kelinmoqda.
Shu munosabat bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishga faol hissa qo‘shish maqsadida, joriy yilning 12-noyabr kuni Sirdaryo viloyat statistika boshqarmasi xodimlari "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida "Dolzarb 40 kunlik" tadbirlarida faol ishtirok etishdi, atrof-muhit tozaligini saqlash ishlariga munosib hissa qo'shishdi. 500 ga yaqin turli xil mevali va manzarali daraxt ko`chatlari ekilib oqlandi hamda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi.