Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022- yilning 1- sentabr holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni (14 706 ta), 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 barobarga oshgan.
Xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning yillar kesimidagi soni:
2018- yilda – 6 708 ta
2019- yilda – 9 507 ta
2020- yilda – 11 239 ta
2021- yilda – 13 089 ta
2022- yilda – 14 706 ta