Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-aprel holatiga O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli 4 903,1 mingta avtotransport vositasi ro‘yxatga olingan.
Ularning asosiy qismini yengil avtomobillar tashkil etib, jami avtotransport vositalarining 92,8 foizini tashkil qiladi. 2025-yilning mos davriga nisbatan avtomobillar soni 344,6 mingtaga oshgan.
Jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalari turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
🔹 Yengil avtomobillar — 4 552,3 ming dona
🔹 Yuk avtomobillari — 330,3 ming dona
🔹 Mikroavtobuslar — 7,5 ming dona
🔹 Maxsus transport vositalari — 7,2 ming dona
🔹 Avtobuslar — 5,8 ming dona
22/06/2026



