22/06/2026

 Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–aprel oylarida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan qariyb 1,9 trln so‘mlik asosiy farmatsevtika mahsulotlari va preparatlari ishlab chiqarilgan.

 Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 30 foizga oshgan.

 Hududlar kesimida ishlab chiqarish hajmi quyidagicha:

🔹 Toshkent shahri — 1,2 trln so‘m
🔹 Sirdaryo viloyati — 261,5 mlrd so‘m
🔹 Toshkent viloyati — 123,5 mlrd so‘m
🔹 Namangan viloyati — 106,2 mlrd so‘m
🔹 Samarqand viloyati — 78,4 mlrd so‘m
🔹 Farg‘ona viloyati — 40,3 mlrd so‘m
🔹 Andijon viloyati — 39,9 mlrd so‘m
🔹 Surxondaryo viloyati — 30,3 mlrd so‘m
🔹 Qashqadaryo viloyati — 7,8 mlrd so‘m
🔹 Buxoro viloyati — 4,7 mlrd so‘m
🔹 Xorazm viloyati — 3,7 mlrd so‘m
🔹 Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 1,9 mlrd so‘m