Boshqarma tizimida korrupsiyaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni oʻrganish ishlari yoʻlga qoʻyilmoqda. Jumladan, 19-iyun kuni boshqarmaning Yuridik xizmati tomonidan “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6013-son Farmonining mazmuni va mohiyati boʻyicha oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. Unda ushbu hujjat bilan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishini samarali tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etilganligi qayd etildi. Agentlik korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlatning maxsus vakolatli organi hisoblanadi. Mazkur oʻquv mashgʻulotiga Guliston shahar statistika boʻlimi xodimlari ham jalb etildi.





