Viloyat statistika boshqarmasining tarkibiy boʻlimlarida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25 - 26-may kunlari qabul qilingan “Sel-toshqin suvlaridan samarali foydalanishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-201 hamda “Moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish, kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlashni kengaytirishga doir navbatdagi chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-204-son qarorlari yuzasidan navbatdagi oʻquv mashgʻuloti boʻlib oʻtdi. Birinchi hujjat (PQ-201) bilan 2027-2030-yillarda sel suv omborlarini qurishning manzilli dasturi tasdiqlangan boʻlsa, ikkinchi hujjat (PQ-204)da moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish, kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlashni kengaytirishga doir navbatdagi chora-tadbirlar belgilandi. Oʻquv mashgʻuloti davomida xodimlar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.






