Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025/2026 oʻquv yili boshida Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan oliy taʼlim tashkilotlari soni 215 tani tashkil etgan (filiallar bilan birga).
Ularning soni avvalgi oʻquv yili boshiga nisbatan 7 taga kamaygan.
Nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari soni 97 tani tashkil qilgan.
Hududlar kesimida oliy taʼlim tashkilotlari soni quyidagicha:
Toshkent shahri — 98 ta
Toshkent viloyati — 19 ta
Samarqand viloyati — 14 ta
Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 11 ta
Buxoro viloyati — 11 ta
Andijon viloyati — 9 ta
Qashqadaryo viloyati — 9 ta
Fargʻona viloyati — 9 ta
Surxondaryo viloyati — 8 ta
Xorazm viloyati — 8 ta
Namangan viloyati — 6 ta
Jizzax viloyati — 5 ta
Navoiy viloyati — 5 ta
Sirdaryo viloyati — 3 ta




