22/05/2026

    Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–aprel oylarida jami 6 550 nafar Ispaniya fuqarosi turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

    Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,4 ming nafarga yoki 26,5 foizga oshgan.

    Ularning safar maqsadlari bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:

• sayohat – 6 256 nafar;
• xizmat yuzasidan – 183 nafar;
• qarindoshlarni yo‘qlash – 95 nafar;
• o‘qish – 15 nafar;
• tijorat – 1 nafar.