Viloyat statistika boshqarmasida Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida tadbir boʻlib oʻtdi. Unda Sirdaryo viloyati IIB Kiber jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimi A.Abduxalilov “Oʻzingiz va yaqinlaringizni kiberjinoyatlardan asrang!” maʼruzasi bilan chiqish qildi. A.Abduxalilov virtual olamdagi jinoyatlarning oldini olishga xizmat qiladigan Oʻzbekiston Respublikasining “Kiberxavfsizlik toʻgʻrisida”gi Qonunining mazmuni va mohiyati haqida batafsil toʻxtalib oʻtdi. Maʼruza yakunida xodimlarga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan kiberjinoyatlardan oʻzini asrash uchun tavsiyalar berilgan flayerlar tarqatildi.
Shundan soʻng, statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti K.Gaynazarova “Korrupsiyaga yoʻl qoʻyish - islohotlarimizga xiyonatdir!” maʼruzasida Prezidentning 2025-yil 26-dekabrdagi parlament va xalqqa murojaati mazmunida toʻxtalib oʻtdi. Maʼruzachi tomonidan Oʻzbekiston prezidenti Sh.Mirziyoyev ushbu murojaatda korrupsiyani davlat taraqqiyoti va jamiyat ishonchiga asosiy tahdid sifatida baholagani, 2026-yilda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida “favqulodda holat” eʼlon qilingani qayd etildi.







