15/05/2026

      Joriy yilning 15-may kuni viloyat statistika boshqarmasining tarkibiy boʻlimlarida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida navbatdagi oʻquv mashgʻuloti boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining OʻRQ-1142-son Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-apreldagi 202-son qarori haqida tegishli tushuntirishlar berildi.

       Jumladan, yuqorida koʻrsatilgan Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga oʻzgartirishlar kiritilib, endilikda hukumat aʼzosi va hokim lavozimiga nomzodlar korrupsiyaga qarshi kurashish rejasini taqdim etishi belgilandi. Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2026-2027-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanganligi qayd etildi.