Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2026-yilning 1-aprel holatiga O‘zbekistonda reklama faoliyati va bozor konyunkturasini o‘rganish sohasida 1 948 ta korxona faoliyat yuritmoqda.
Ularning soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 257 taga oshgan.
Mazkur turdagi korxonalar soni yillar kesimida quyidagicha (1 aprel holatiga):2022 yil – 1 743 ta 2023 yil – 1 415 ta 2024 yil – 1 606 ta 2025 yil – 1 691 ta 2026 yil – 1 948 ta




