Joriy yilning 8-may kuni viloyat statistika boshqarmasining tarkibiy boʻlimlarida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida navbatdagi oʻquv mashgʻuloti boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashishning normativ-huquqiy asoslari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy statistika tizimi mutaxassislari malakasini oshirish hamda sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etishni yanada jadallashtirish orqali yuqori samaradorlikka erishish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-103-son qarori mazmuni va mohiyati boʻyicha batafsil tushuntirishlar berildi. Oʻquv mashgʻulotida Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-419-son Qonuni, unda berilgan asosiy tushunchalar, korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan Prezident tomonidan qabul qilingan hujjatlar toʻgʻrisida soʻz yuritildi. Shuningdek, Prezidentning statistika sohasiga oid 2026-yil 13-martdagi PQ-103-son qarori boʻyicha ham tegishli maʼlumot berildi.





