Joriy yilning 1-may kuni viloyat statistika boshqarmasining tarkibiy boʻlimlarida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida navbatdagi oʻquv mashgʻuloti boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-apreldagi ““Yangi Oʻzbekiston yoshlari–2030” starategiyasini tasdiqlash hamda yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-66-son Farmoni hamda ““Yangi Oʻzbekiston yoshlari–2030” starategiyasini 2026-2027-yillarda amalga oshirish hamda yoshlar bandligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-148 qarori mazmuni va mohiyati boʻyicha tushuntirishlar berildi. Jumladan, Strategiyaning asosiy yoʻnalishlari, hujjatlarning asosiy maqsadlari, amalga oshirish lozim boʻlgan chora-tadbirlar dasturi va boshqalar haqida soʻz yuritildi.





