24/04/2026

   Joriy yilning 24-aprel kuni viloyat statistika boshqarmasi tizimida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida Oʻzbekiston Respublikasining aprel oyida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi boʻlib oʻtdi. Unda, asosan Oʻzbekiston Respublikasining 13-apreldagi “Dala chetlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1128-son, 17-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1129-son, 17-apreldagi “Bolalarni zoʻravonlikdan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1130-son qonunlari va boshqa qonun hujjatlari haqida maʼlumot berildi.