Viloyat statistika boshqarmasining tarkibiy boʻlimlarida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-931-son Qonuni muhokamasi boʻlib oʻtdi. Unda mazkur Qonunning maqsadi, davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi va unga aloqador shaxslarning majburiyatlari, shuningdek, ushbu Qonun qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga va “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuniga kiritilgan oʻzgartishlar haqida tushuntirishlar berildi.





