Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2026 yilning yanvar oyida xorijga 216,5 mln AQSH dollarilik to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilgan.
Ushbu ko‘rsatkich umumiy eksportning 12,8 foizini tashkil etgan.
Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibi quyidagicha:
Tayyor to‘qimachilik mahsulotlari – 51 %
Ip-kalava – 31 %
Trikotaj mato – 8 %
Gazlamalar – 7 %
Paypoq mahsulotlari – 2 %
Gilamlar – 1 %




