Joriy yilning 27-fevral kuni viloyat statistika boshqarmasi tizimida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida Oʻzbekiston Respublikasining fevral oyida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi boʻlib oʻtdi. Unda, asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-47-son, 11-fevraldagi “Startaplarni qoʻllab-quvvatlash kompleks ekotizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-59-son, 16-fevraldagi “Kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-64-son qarorlari va boshqa qonun hujjatlari toʻgʻrisida maʼlumot berildi. 




