Viloyat statistika boshqarmasining tarkibiy boʻlimlarida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi hujjatlari muhokamasi boʻlib oʻtdi.
Jumladan, Prezidentning “Mamlakat taraqqiyotining 2030-yilgacha moʻljallangan ustuvor yoʻnalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-21-son Farmoni bilan 2023-yil 11-sentabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston-2030” strategiyasini yangilash va uning ijrosini tashkil etish boʻyicha 2023-2025-yillarda erishilgan samaradorlik koʻrsatkichlari va oʻtkazilgan baholash natijalari asosida yangidan ishlab chiqilgan 2026-2030-yillarga moʻljallangan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi tasdiqlandi.
Prezidentning boshqa hujjati bilan “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yili - 2026-yilga moʻljallangan ustuvor islohotlarni belgilash va ularning ijrosini tashkil etish chora-tadbirlari belgilandi.





