Sirdaryo viloyati 1963-yil 16-fevral kuni tashkil topgan bo‘lib, umumiy yer maydoni 4 276,2 km² ni tashkil etadi. Viloyat tarkibiga 3 ta shahar (Guliston, Yangiyer, Shirin) hamda 8 ta tuman (Boyovut, Guliston, Oqoltin, Mirzaobod, Sardoba, Sayxunobod, Sirdaryo, Xovos) kiradi. 2026-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, viloyat aholisi 946,3 ming kishini tashkil etadi.
Sana munosabati bilan barcha Sirdaryo ahliga samimiy tabriklarimizni yo‘llaymiz. Bayramingiz muborak bo‘lsin!




