BMT Bosh Assambleyasining 2015-yil 22-dekabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, har yili 11-fevral sanasi dunyo bo‘ylab “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” sifatida nishonlanadi.
Mazkur sana ilm-fan va innovatsiyalar sohasida xotin-qizlar uchun teng imkoniyatlarni yaratish, ularning ilmiy faoliyatdagi ishtirokini kengaytirish hamda barqaror taraqqiyotga erishishda ayollar rolini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Ushbu sana munosabati bilan Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasida seminar tashkil etilib, tadbir yakunida xalqaro sana doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.








