Joriy yilning 23-yanvar kuni viloyat statistika boshqarmasining tarkibiy boʻlimlarida oʻtkazilgan “Huquqiy bilimlar kuni”da Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 15-yanvarda qabul qilingan qonunlari muhokamasi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlar uchun masofali video-uchrashuvlar oʻtkazish imkoniyatini yaratishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1112-son, “Bozor islohotlari va Oʻzbekistonning jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish jarayonlari yanada jadallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1113-son hamda “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1114-son Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.



