Joriy yilning 16-yanvar kuni viloyat statistika boshqarmasining tarkibiy boʻlimlarida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati organlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1109 va “Pirotexnika buyumlarining muomalasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlarining muhokamasi boʻlib oʻtdi.






