Ayol - borliq ko‘zgusi. Uning go‘zalligi olamni charog‘on etadi. U oilani ham, jamiyatni ham birlashtirib, fayz-u baraka kiritadi. Xonadonlarimizni mehr-muhabbat, nafosat, ezgulik nuri bilan munavvar qiladi.
Bugun viloyat statistika boshqarmasida 8- mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan boshqarma boshlig‘i U. Elmuratov boshchiligida bayram tadbiri tashkil etildi. Bayram tadbirida tizimda faoliyat olib borayotgan barcha ayol-qizlarga boshqarma boshlig‘i U. Elmuratov va boshqarma yigitlari tomonidan samimiy tilaklar bildirilib, Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Fursatdan foydalanib, Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi betakror va latofatli ayol-qizlarimizni ushbu bahoriy ayyom bilan muborakbod etamiz! Doimo fasli navbahor kabi latofatli bo‘lishingizni tilab qolamiz.