2024- yilning yanvar-dekabr oylarida Sirdaryo viloyatida 119,7 ming tonna meva va sabzavotlar eksporti amalga oshirilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2023- yilning mos davriga nisbatan 35,7 ming tonnaga ko‘paydi.
Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Afg‘oniston (15,3 %), Pokiston (13,5 %), Qozog‘iston (38,9 %) hamda XXR (13,5 %) davlatlari hissasiga to‘g‘ri keldi.