08/01/2025

2024- yilning yanvar-noyabr oylarida Sirdaryo viloyatida bajarilgan qurilish ishlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:

binolar va inshootlar qurish yo‘nalishi 67,5 % ulushni tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 95,0 % ni tashkil etdi;

fuqarolik obyektlarini qurish yo‘nalishi 26,7 % ulushni tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 115,3 % ni tashkil etdi;

ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari yo‘nalishi 5,8 % ulushni va 2023- yilning mos davriga nisbatan 112,2 % ni tashkil etdi.