Joriy yilning 13- dekabr kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi Sanoat va energetika statistikasi boʻlimi tomonidan tuman (shahar) statistika bo‘limlari xodimlari uchun sanoat ishlab chiqarishi hajmini shakllantirishining axborot manbalari, isteʼmol tovarlari haqida, kichik biznes subyektlari va jismoniy shaxslar tomonidan ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotlari hajmini aniqlash boʻyicha oʻtkazilgan tanlama kuzatuvlar natijalari asosida oylik baholash ishlarini amalga oshrishi yuzasidan vebinar tashkil etildi.
Vebinar davomida tuman (shahar) statistika bo‘limlari xodimlariga sanoat statistikasi boʻlimiga oid yangiliklar aytib o‘tildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi.