20/09/2024

     Joriy yilning 20- sentabr kuni viloyat statistika boshqarmasi tizimida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-539-son Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining mazmuni va mohiyati” mavzusida oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. Unda, boshqarma Bosh yuriskonsulti K. Gaynazarova ushbu Qonunning maqsadi, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari, mamlakatimizda yoqilgʻi-energetika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida gapirib oʻtdi. Oʻquv mashgʻuloti davomida Adliya vazirligi tomonidan tayyorlangan energiya tejamkor qurilmalarning afzalliklari sodda va xalqchil tilda tushuntirishga qaratilgan buklet va turkum videoroliklar namoyish etildi.