Joriy yilning 9–14- sentabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi tomonidan poytaxtimizda “Xonatlas – 2024” festivali oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Shu kuni yurtimizdagi turli tashkilot, idora va oʻquv maskanlarida xotin-qizlar qadriyatlarimizni eʼzozlagan holda xonatlas kabi milliy liboslarimizni kiyib, festival maqsadlarini qoʻllab-quvvatlashadi.
Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkiloti tomonidan tashkillashtirilgan “Xonatlas –2024” festivalida boshqarmada faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ham faol qatnashdi.
Ta’kidlash lozimki, bu kabi festivallarning oʻtkazilishi milliy qadriyatlarimizning yosh avlodga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.