2024- yilning yanvar-may oylarida Sirdaryo viloyatida viloyat korxonalari tomonidan 7 291,0 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2023- yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 106,1 % ni tashkil etdi.
Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash sanoati hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 55,0 % ni tashkil etdi.