17/05/2024

Joriy yilning 17- may kuni Viloyat statistika boshqarmasida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 29- iyundagi ““Oʻzbekiston Respuplikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6013-son Farmonining  mazmuni va mohiyati” mavzusida oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. Unda, boshqarma Bosh yuriskonsulti K. Gaynazarova Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etilganligi, Agentlikning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari, vakolatlari va huquqlari haqida batafsil toʻxtalib oʻtdi. Shuningdek, oʻquv mashgʻuloti davomida xodimlarning barcha savollariga javob berildi.