15/05/2024

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-mart oylarida jami 1 263 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga borgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 365,6 ming nafarga yoki 40,7 % ga oshgan.

Joriy yilning yanvar-mart oylarida turistik maqsadlarda chet elga ketgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining safar maqsadlari kesimida soni quyidagicha:

qarindoshlarni yoʻqlash — 1 039,2 ming nafar;

boʻsh vaqt va dam olish — 206,4 ming nafar;

oʻqish — 8,1 ming nafar;

davolanish — 6,7 ming nafar;

xizmat yuzasidan — 2,6 ming nafar.