14/05/2024

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-mart oylarida jami 1 263 ming nafar oʻzbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga borgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 365,6 ming nafarga yoki 40,7 % ga oshgan.

Joriy yilning yanvar-mart oylarida turistik maqsadlarda chet elga ketgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni quyidagicha:

Qirgʻiz Respublikasi — 559,1 ming nafar;

Tojikiston — 260,8 ming nafar;

Qozogʻiston — 184,1 ming nafar;

Saudiya Arabistoni — 70,6 ming nafar;

Rossiya — 50,3 ming nafar;

BAA — 38,5 ming nafar;

Turkiya — 34,4 ming nafar;

Quvayt — 13,8 ming nafar;

Misr — 8,2 ming nafar;

Tailand — 6,2 ming nafar;

Boshqa davlatlar — 37,1 ming nafar.