Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-mart oylarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) xizmatlarining mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi 2,2 % ni tashkil etdi.Tarmoqda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmining 56,7 % i aloqa xizmatlari, 24,9 % i kompyuter dasturlashtirish, maslahat berish va boshqa yordamchi xizmatlar, 9,8 % i ma’lumotlarni joylashtirish va ishlov berish bo‘yicha xizmatlar, Web-portallar, 4,7 % i dasturiy ta’minotni chiqarish, qolgan 3,9 % i kompyuterlar va aloqa uskunalarini ta’mirlash xizmatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.