Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda 2024-yil 1-aprel holatiga chet el investitsiyasi ishtirokida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar soni 14 226 tani tashkil etgan. Shundan 4 576 tasi qoʻshma va 9 650 tasi xorijiy korxonalardir.
Ular iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha quyidagicha:
savdo sohasida – 5 056 ta
sanoat sohasida – 3 165 ta
qurilish sohasida – 956 ta
axborot va aloqa sohasida – 917 ta
yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida – 527 ta
tashish va saqlash sohasida – 474 ta
qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi sohasida – 443 ta
sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmat koʻrsatish sohasida – 195 ta
boshqa sohalarda – 2 493 ta