08/02/2024

    Joriy yilning 7- fevral kuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi boshligʻi U.Madaminov boshchiligida, Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari B.Maxkamov, boshqarmaning Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi bosh mutaxassisi Q.Maxkamov, intervyuyer Sh.Abduvaliyevlar bilan birgalikda uy xo‘jaliklari kuzatuvlariga tushgan Boyovut tumani, Muqumiy mahallasi, Islohot ko‘chasi 12- uyda istiqomat qiluvchi Irsaliyev Farhod, Izdosh ko‘chasi 24- uyda istiqomat qiluvchi Xolboyev Anorbek xonadonlarida bo‘lib, uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvini o‘tkazishdi.

    Kuzatuv davomida U.Madaminov xonadon egalari bilan yaqindan suhbatlashdi va kuzatuvning maqsad vazifalari bo‘yicha atroflicha ma’lumotlarni berib o‘tdi.