07/02/2024

Qayd etish kerakki, savdo tarmog‘i iqtisodiy faoliyat turlari ichida yuqori salohiyatga ega bo‘lgan tarmoqlardan biri hisoblanadi. 2024- yilning 1- yanvar holatiga Sirdaryo viloyatida 2020- yilga nisbatan faoliyat ko‘rsatayotgan savdo korxonalari sonining o‘sish sur’ati 14,5 foizni tashkil etdi.

So‘nggi yillarda savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning o‘sish dinamikasi quyidagicha aks topdi:

2020- yilda – 3 801 ta

2021- yilda – 4 778 ta

2022- yilda – 5 013 ta

2023- yilda – 5 429 ta

2024- yilda – 4 352 ta