Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Sirdaryo viloyatida 2023-yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsuloti (xizmat) hajmi 13 319 mlrd. soʻmni tashkil etgan.
2022-yilning yanvar-dekabriga nisbatan oʻsish surʻati 101,0 % ini tashkil qilgan.
Kichik tadbirkorlik subyektlarining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsuloti (xizmat) hajmi, tegishli davrda:
2021-yilning yanvar- dekabrida 10 065,4 mlrd. soʻm;
2022-yilning yanvar- dekabrida 11 783,3 mlrd. soʻmni tashkil etgan.