Tuman va shaharlarda tadbirkorlar uchun o‘quv seminarlari tashkil etilayotganligi to‘g‘risida xabar bergan edik. Navbatdagi o‘quv seminarlari joriy yilning 25- yanvar kuni Viloyat statistika boshqarmasi malakali xodimlari tomonidan Yangiyer shahar hamda Guliston tumanlarida tashkil etildi. O‘quv seminarlarida tadbirkorlarga yillik hisobotlarni to‘g‘ri to‘ldirish va oʻz vaqtida topshirish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.