2023-yilning yanvar-noyabr oylarida Sirdaryo viloyatida import tarkibida sanoat mahsulotlari hajmi 28,1 mln. AQSh dollarini tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 9,5 % ga ko‘paydi hamda importning umumiy hajmidagi ulushi 5,8 % ga yetdi.
Sanoat mahsulotlari importi asosan probka va daraxtdan tayyorlangan buyumlar (mebeldan tashqari) (7,7 mln. AQSh dollari), metaldan tayyorlangan buyumlar (4,4 mln AQSh dollari), ruda boʻlmagan qazilmalardan tayyorlangan mahsulotlar (4,8 mln. AQSH dollari), rangli metal (0,6 mln AQSh dollari) va boshqalardan tashkil topgan.