11/01/2024

2023-yil 1-dekabr holatiga Sirdaryo viloyatida avtotransport vositalari va ularning ehtiyot qismlari ulgurji va chakana savdo aylanmasi 363,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 25,6 % ga ko‘paydi. Shuningdek, kichik biznes korxonalari savdo hajmi 352,0 mlrd. so‘m, xususiy tadbirkorlik subyektlari savdo hajmi – 11,3 mlrd. so‘mni tashkil qildi.