09/01/2024

Statistika agentligi tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-noyabr holatiga koʻra, Sirdaryo viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xoʻjaliklari soni 72,4 % ni tashkil etgan.

Shundan:

bir bolali uy xoʻjaliklar – 21,8 %;

ikki bolali uy xoʻjaliklar – 27 %;

uch bolali uy xoʻjaliklar – 18,5 %;

toʻrt va undan koʻp bolali uy xoʻjaliklar – 5,1 %.

Kuzatuv natijalariga koʻra, 27,6 % uy xoʻjaliklarida 16 yoshgacha boʻlgan  bolalar mavjud emas.